PlayStation, bilyard, stol tennisi va boshqa ko'ngilochar qurilmalarni IoT texnologiyasi bilan avtomatik boshqaring. Real-time monitoring, hisobotlar va to'liq nazorat — barchasi bitta platformada.
Ko'ngilochar markazlardagi odatiy muammolarni aqlli texnologiya bilan hal qiling
Har bir qurilmaning vaqtini qo'lda yozib yurishga to'g'ri keladi. Xatoliklar va yo'qotishlar muqarrar.
Mijoz ketgandan keyin qurilmalar yoqiq qoladi. Oylik elektr xarajatlari oshib ketadi.
Kunlik/oylik daromad, mashhur vaqtlar, sklad holati — barchasi qo'lda hisoblanadi.
TimeClub platformasi bilan barcha jarayonlarni bir joydan nazorat qiling
Barcha qurilmalarni real vaqtda kuzating. Band/bo'sh holat, sessiya vaqti va alert tizimi.
Kunlik, haftalik va oylik hisobotlar. Excel va PDF eksport. Daromad grafiklari.
Mahsulotlar, qoldiq nazorati, minimal qoldiq ogohlantirishi. Tannarx va sotuv qiymati.
Bir nechta filiallarni bitta platformadan boshqaring. Har bir filial uchun alohida statistika.
LocalApp va Cloud orasida avtomatik sinxronizatsiya. Internet uzilganda ham ishlaydi.
Xodimlar uchun turli rollar. Kirish/chiqish tarixi. Shaxsiy profil sozlamalari.
3 xil IoT modul orqali qurilmalarni avtomatik boshqaring
PlayStation qurilmalar uchun maxsus HDMI signal boshqaruvi. Vaqt tugaganda ekran avtomatik o'chadi.
Bilyard, stol tennisi va boshqa zonalar uchun svetni boshqarish. Vaqt tugaganda svet o'chadi.
Konditsionerni aqlli boshqarish. Vaqt tugaganda o'chiradi, yangi sessiyada belgilangan haroratda yoqadi.
Cloud va LocalApp interfeyslarini ko'ring
4 oddiy qadamda biznesingizni avtomatlashtiring
Cloud platformada hisob yarating va tashkilotingizni qo'shing.
Windows kompyuteringizga LocalApp dasturini o'rnating.
IoT qurilmalarni USB orqali kompyuterga ulang va sozlang.
Tayyor! Endi qurilmalaringiz avtomatik boshqariladi.
TimeClub cloud boshqaruvni lokal ishlash bilan birlashtiradi, shuning uchun klub internet uzilganda ham to'xtab qolmaydi.
Cloud platforma umumiy nazoratni beradi, LocalApp esa zal ichidagi qurilmalarni lokal boshqaradi.
Internet vaqtincha uzilganda sessiya va qurilma boshqaruvi lokal kompyuterda davom etadi.
Xodimlar uchun rollar, kirish tarixi va filiallar bo'yicha alohida boshqaruv mavjud.
Sessiyalar, daromad va mahsulot qoldiqlari bitta tizimda jamlanadi.
Har qanday o'lchamdagi biznes uchun moslashuvchan rejalar
O'rnatish, internet, qurilmalar va support bo'yicha eng muhim savollar.
Ha. LocalApp lokal kompyuterda ishlaydi va asosiy sessiya boshqaruvini davom ettiradi. Internet tiklanganda ma'lumotlar cloud bilan sinxronlanadi.
PlayStation zonalari, bilyard/stol tennisi svetlari va konditsioner boshqaruvi uchun alohida IoT modullar qo'llab-quvvatlanadi.
Klub hajmi va hardware soniga qarab farq qiladi. Oddiy konfiguratsiya odatda bir ish kuni ichida tayyorlanadi.
Ha. Aloqa formasi, telefon yoki Telegram orqali bog'lansangiz, klubingizga mos demo stsenariyni kelishamiz.
Windows uchun desktop ilova. O'rnatish oson, ishlatish qulay. Barcha IoT qurilmalarni shu ilova orqali boshqaring.
Windows uchun yuklab olishSavollaringiz bormi? Biz yordam berishga tayyormiz